Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

612025-05-07 23:12

9-may – “Xotira va qadrlash kuni“ munosabati bilan faxriylar e‘tiborga olindi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746641532957.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746641532987.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746641532982.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746641532995.jpg
Har yili 9-may sanasida yurtimizda umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni“ keng nishonlanadi. Bu sana urush maydonlarida mardlik ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlarni xotirlash, bugun oramizda yurgan faxriylarimizni e‘zozlash va ularning jasoratini qadrlash ramzidir. Shu munosabat bilan Farg‘ona tumanida ham mazkur sana munosib tarzda nishonlanmoqda. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi bilan hamkorlikda 1-sonli maktabgacha ta‘lim tashkilotida bayramga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida tumanda uzoq yillar davomida ta‘lim sohasida faoliyat olib borgan bir guruh faxriylar alohida e‘tiborga olinib, ularning fidokorona xizmatlari qadrlanib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Samimiy muloqotlar, ehtirom so‘zlari va mehr-muhabbat ifodasiga boy ushbu uchrashuv faxriylar uchun chinakam hurmat ko‘rinishiga aylandi. Bayram tadbiri davomida yoshlarga faxriylar jasorati, sabr-toqati va mehnatsevarligi haqida so‘z yuritilib, ularning ibratli hayot yo‘li bugungi avlod uchun saboq ekanligi ta‘kidlandi. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlar qadriga etish – xalqimizning bebaho qadriyati, tarixga bo‘lgan hurmati ifodasidir. Bu kabi tadbirlar nafaqat ehtirom, balki yoshlarda vatanparvarlik, tarixga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz