Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

332025-05-07 23:21

«Hosilot» mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746642101735.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746642101832.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746642101820.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746642102163.jpg
Farg‘ona tumanining «Hosilot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbir Farg‘ona tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi va tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Sayyor qabullar «Ayollar daftari»ning 6-bosqichiga kiritilgan ayollar holatini o‘rganish, ularning muammolarini joyida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbir davomida xotin-qizlarga oila va mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari va qayta tayyorlash kurslariga yo‘naltirish, bandlik masalalari bo‘yicha tavsiyalar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma‘lumotlar, ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid huquqiy mexanizmlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar va zaruriy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, mas‘ul tashkilotlar vakillari tomonidan ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz