Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

362025-05-07 23:46

«Soy bo‘yi» mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746643596460.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746643596454.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746643596451.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746643596486.jpg
Farg‘ona tumani «Soy bo‘yi» mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabul «Ayollar daftari»ning 6-bosqichiga kiritilgan fuqarolarning dolzarb muammolarini o‘rganish, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatishga qaratildi. Qabul davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ayollarga oilaviy munosabatlar va mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar, ijtimoiy nafaqa, subsidiya va boshqa yordam turlariga murojaat tartiblari, kasb-hunar o‘rganish, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy maslahatlar va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari joyida tinglandi va tegishli mas‘ul tashkilotlarga hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Tadbir xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, hayotga mustahkam kirib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz