Farg‘ona tumanida energiya tejamkorlik va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda
Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-maydagi PQ–133-sonli qarori ijrosini ta‘minlash doirasida tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, yo‘qotishlarni kamaytirish hamda resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha tegishli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar doirasida tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriqlar berilib, aholi yashash hududlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, mavjud infratuzilmani optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta‘minotini ikki bosqichli tizim asosida yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Bu orqali gaz bosimini me‘yorlashtirish va bir xil taqsimotni ta‘minlash imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, elektr tarmoqlarida yuzaga kelayotgan texnologik yo‘qotishlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prokuratura nazoratida olib borilayotgan mazkur ishlar doirasida tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mas‘ullariga aniq ko‘rsatmalar, tavsiyalar va muddatli vazifalar yuklatilgan. Profilaktika ishlari energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlash, byudjet va aholining ortiqcha xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Hududlarda ushbu yo‘nalishdagi faoliyat izchil davom ettirilmoqda va nazorat choralari muntazam kuchaytirib borilmoqda.