Quvasoy shahrida “Onalarga ehtirom” festivali tashkil etildi
Viloyat hokimining 2021-yil 28-apreldagi “Farg‘ona viloyatida “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 168-sonli qarori ijrosi doirasida Quvasoy shahar “Zebuniso” madaniyat markazida konsert dasturi tashkil etildi.
Konsert dasturida Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, nuroniylar kengashi va bir guruh munis onaxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirda “Nihol” va “Zulfiyaxonim” davlat mukofotlari sohibasi Layloxon Saynazarova tomonidan diltortar kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, shahar madaniyat bo‘limi tomonidan madaniy chiqishlar namoyish etildi.
Konsert dasturiga taklif etilgan 100 nafar shahardagi “Eng yaxshi ma’rifatli ona”, “Vatan himoyachilarini tarbiyalagan ona”, “Vatan fidoyisi onasi”, “Eng yahshi mutaxassislarni tarbiyalagan ona”, “Eng yahshi mehnatkash, mo‘tabar ona” nominatsiyalari bo‘yicha bir guruh onaxonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.