Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

342025-05-30 10:42

Farg‘ona tumanida DXX raisi kubogi uchun futbol musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754791.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754806.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754794.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754797.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754808.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754823.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583754834.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583755125.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583755130.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748583755227.jpg
Farg‘ona tumanida Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun futbol va mini futbol bo‘yicha sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ular orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli futbolchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqalarda tumanning barcha mahallalaridan tuzilgan yoshlar jamoalari faol ishtirok etib, do‘stona, lekin shiddatli kurashlar guvohi bo‘lindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Musobaqaning eng muhim bahsi «Yoshlarobod» markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Futbol yo‘nalishi bo‘yicha hal qiluvchi final uchrashuvi «Kaptarxona» va «Damko‘l» mahallalari yoshlari o‘rtasida kechdi. Qizg‘in va murosasiz o‘yinda «Kaptarxona» MFY jamoasi raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lub etib, tumanning chempioni bo‘ldi. Shu bilan birga, ushbu jamoa viloyat bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida sportga bo‘lgan yuksak e‘tibor, yoshlarning yuksak kayfiyati va faolligi alohida e‘tirofga loyiq bo‘ldi. Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz