Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

472025-05-30 12:22

Farg‘ona tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764301.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764298.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764626.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764639.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764652.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764655.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764660.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764740.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764753.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748589764793.jpg
Kichik va o‘rta biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini jadallashtirish va yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ishtirokida Farg‘ona tumanida o‘tkazildi. Muloqot davomida «o‘zini o‘zi band qilish — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona» zanjiri asosida tadbirkorlik sub‘ektlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita mutasaddilarga yo‘llashdi. Faoliyat davomida duch kelinayotgan ayrim muammolar joyning o‘zida hal etildi. Vaqt talab etadigan masalalarni ijobiy hal qilish uchun esa mas‘ul ijrochilar biriktirildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, tadbirkorlar bilan samarali aloqalarni mustahkamlash, ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz