Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

282025-05-31 21:37

Farg‘ona tumanida ingliz tilida ilk bor o‘quvchilar o‘rtasida debat-bahslashuv bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468730.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468753.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468757.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468762.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468764.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468767.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709468840.jpg
Farg‘ona tumanida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik masalalarga qiziqishini oshirish, ularni tanqidiy fikrlashga, fikr almashishga va jamoa bilan ishlashga rag‘batlantirish maqsadida ingliz tilida ilk bor debat-bahslashuv tashkil etildi. “Ibrat debate” nomini olgan mazkur debat-bahslashuv Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida Farg‘ona tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Debat-bahslashuvda o‘quvchilar turli guruhlarga bo‘linib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik mavzular atrofida o‘z fikrlarini himoya qilishdi hamda bahsli masalalarni chuqur tahlil qilishdi. Eng qiziqarli jihati shundaki, debat-bahslashuv to‘liq ingliz tilida o‘tkazilib, ishtirokchilar til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu tadbir yoshlarni zamonaviy kommunikasiya vositalari va xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rnini mustahkamlashga undadi, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. “Ibrat debate” kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi va yoshlar orasida keng ommalashishi kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz