Qaqir mahalla fuqarolar yig'ini raisi kelgusi 5 yilga qayta saylandi
Ayni kunda tumanimiz mahallalarida mahalla raislarini saylash bo'yicha muhim siyosiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Qaqir mahallasida bo'lib o'tgan saylovlarda ham mazkur mahalla fuqarolari faollik bilan ishtirok etishdi.
Mahallaning 28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan saylovlarning avvalida ishtirokchilar nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishdilar.
Shundan so'ng ovoz berish jarayonlari boshlanib, ovoz berish huquqiga ega bo'lgan qaqirliklar o'zlarining munosib bilgan nomzodlariga ovoz berishdi. Saylov natijalariga ko'ra, mahallaning amaldagi raisi Yunusjon Aminjonov 94,3% ovoz jamlab, kelgusi 5 yilga, yana bir muddatga Qaqir mahalla fuqarolar yig'ini raisi etib qayta saylandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati