Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

892025-06-22 07:12

Dehqonobod mahallasida ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750558308105.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750558308117.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750558308190.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750558308376.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750558308393.jpg
Farg‘ona tumani «Dehqonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida tuman bosh imom xatibi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida navbatdagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahallada yashovchi ziyolilar, nuroniylar, Haj va Umra ziyoratidan qaytganlar, faol fuqarolar ishtirok etdilar. Unda jamiyat hayotida kuzatilayotgan salbiy illatlarga, xususan: to‘y-hashamlarda isrofgarchilik, oilaviy ajrimlar, giyohvandlik, ichkilikbozlik, virtual qimor o‘yinlari kabi illatlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. Targ‘ibot davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma‘naviy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlar asosida oilaga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirish zarurligi ta‘kidlandi. Tadbirda 65 nafardan ortiq mahalla fuqarolari ishtirok etdi. Ular o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ushbu mavzularda bunday uchrashuvlar tez-tez tashkil etilishini maqsadga muvofiq deb hisoblashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz