IQTIDORGA YO‘L OChILGAN MAKTAB – MADINAXONNING MUVAFFAQIYaTI
Farg‘ona tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bilimli, iqtidorli va maqsad sari intilayotgan o‘quvchilar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Ularning orasida o‘zining tinimsiz mehnati va kuchli ishtiyoqi bilan ajralib turgan o‘quvchilardan biri — Madinaxon Xabibulloeva.
Madinaxon yillar davomida o‘z ustida ishladi, har bir imkoniyatdan unumli foydalandi. U bilmaganlarini ustozlaridan so‘rab o‘rgandi, fanlarni chuqur o‘zlashtirishga intildi va o‘z bilimini sinovlarda namoyon qila oldi. Uning bu harakatlari nafaqat ustozlari va ota-onasini, balki sinfdoshlariga ham motivasiya bo‘lib xizmat qilmoqda.
Madinaxon kimyo va biologiya fanlaridan 100 foizlik natijani qo‘lga kiritib, A+ darajadagi sertifikatga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ona tili va adabiyot fanidan 78,22% natija bilan C+ sertifikat oldi. U biologiya fanidan 93 ball, kimyo fanidan 63 ball va ona tili fanidan 11 ball to‘plab, jami 167,0 ball bilan yuqori natijaga erishdi.
Bugungi kunda Madinaxon o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan — u Andijon davlat tibbiyot institutining talabasi bo‘lishni, kelajakda esa xalqimizga malakali shifokor sifatida xizmat qilishni orzu qiladi.
Maktabda yaratilgan imkoniyatlar, ustozlarning doimiy e‘tibori va o‘zining mehnatsevarligi natijasida erishilgan bu yutuqlar — yosh avlod uchun chiroyli ibrat namunasi sanaladi.