Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

372025-06-09 20:55

Shohimardonda «Vodiy yulduzlari» gala konserti unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514528.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514639.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514818.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514849.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514852.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514850.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514862.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514869.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749484514945.jpg
Farg‘ona tumani, “Shohimardon“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi amfiteatrda «Jannatmakon O‘zbekiston» loyihasi doirasida keng jamoatchilikni o‘ziga tortgan “Vodiy yulduzlari“ gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert dasturi davomida O‘zbekiston sahnasining yorqin yulduzlari — Abdurahmon qiziq, Qilichbek Tojiev, To‘lqin Xaydarov, Sirojiddin Uraimov, Ilhom Jo‘raev, Ilhom Ibrohimov, Muxsinbek va Yaxyobek Mo‘minovlar, Nuriddin Asqarov, Abdujalil Qo‘qonov, Akmal Sadixonov kabi san‘atkorlar ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashishdi. Konsert mehmonlari sevimli san‘atkorlarining jonli ijrosidan bahramand bo‘lish barobarida, “O‘zbekiston Shvetsariyasi“ deb ataluvchi Shohimardonning betakror tabiati, tog‘lar bag‘ridagi sokin muhit va musaffo havosidan zavqlanishdi. Ushbu musiqiy kecha, xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar, go‘zallik, madaniyat va badiiy mahorat uyg‘unligining yorqin ifodasiga aylandi. «Vodiy yulduzlari» konserti, nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki Shohimardon maskanining sayyohlik salohiyatini yuksaltirish va madaniy hordiq uchun mo‘ljallangan muhim manzillardan biri sifatida yana bir bor namoyon etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz