Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

392025-06-13 17:57

Farg‘ona tumanida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416503.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416516.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416798.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416806.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416812.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749819416897.jpg
Farg‘ona tumani hokimligida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotni ta‘minlash, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va takliflarini joyida tinglash maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur muloqotda Respublika ishchi guruhi vakillari, Farg‘ona tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Abdurahimov, Markaziy bankning Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutasaddilari, Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi, tijorat banklari rahbarlari hamda tuman hududida faoliyat yuritayotgan ko‘plab tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar bevosita mutasaddi tashkilot rahbarlariga etkazildi. Har bir masala alohida ko‘rib chiqilib, murojaatlarning ijrosini ta‘minlash yuzasidan aniq choralar belgilandi va mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu muloqot ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, tadbirkorlar uchun samarali platformaga aylandi. Bu kabi uchrashuvlar joylarda biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz