Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-06-13 18:58

“Chashma” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida faol va mazmunli dam olish davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075207.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075204.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075201.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075206.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075247.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075317.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075463.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075416.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075450.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823075486.jpg
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 7-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida yozgi ta‘til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida “Chashma” nomli sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyat boshladi. Oromgohning ilk o‘n kunligida 100 nafar o‘quvchi qamrab olingan bo‘lib, ular 4 ta alohida guruhga ajratilgan. Har bir guruh uchun alohida tarbiyaviy va madaniy dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bolajonlar salomatligini mustahkamlash, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Oromgoh dasturi asosida har kuni sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar va qiziqarli to‘garaklar tashkil etilmoqda. Ayniqsa, bugungi kun rejasi doirasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovi bolalar va pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan fikr bildirib, kitoblarga bo‘lgan mehrini namoyon qildilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz