Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3352025-07-24 19:42

Farg‘ona tumanida Ekologiya boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368055509.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368055682.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368055781.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368055984.jpg
Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Farg‘ona tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan “Avval” MFY hududida nazorat va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida tumandagi chiqindilar bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rildi, aholiga chiqindilarni maxsus texnikalarda o‘z vaqtida olib chiqilishi va to‘lovlarni belgilangan muddatda amalga oshirish zarurligi tushuntirildi. Shu kuni tadbirkorlar bilan 20 dan ortiq shartnomalar tuzildi. Eng muhimi – chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash va noqonuniy chiqindixona tashkil etilishining oldini olish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Mahalla vakillari hamda mas‘ullarga zarur ko‘rsatmalar va tushunchalar etkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz