Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3662025-07-24 19:48

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida to‘garak mashg‘ulotlari davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368378357.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368378458.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368378463.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753368378485.jpg
Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilar uchun turli fan va yo‘nalishlarda qiziqarli hamda foydali to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Xususan, matematika va fizika fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan darslar, shuningdek, nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Notiqlik” to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Mashg‘ulotlar interaktiv usullar asosida olib borilib, o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Tashkil etilgan ushbu to‘garaklar orqali o‘quvchilarimiz mavjud bilimlarini mustahkamlabgina qolmay, yangi ko‘nikmalarni egallashda ham faol ishtirok etmoqda. Bu esa ularning kelgusi ta‘lim jarayonlarida muvaffaqiyatli bo‘lishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz