Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

72025-07-31 14:02

Farg‘ona tumani adliya bo‘limi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952455778.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952456036.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952456045.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952456039.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952456042.jpg
2025-yil 24-iyulь kuni tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, Farg‘ona tumani adliya bo‘limi tomonidan “Marg‘ilon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarning mavjud muammolari va murojaatlari o‘rganilib, jami 20 nafar aholi vakili qabul qilindi. Ularning 4 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 3 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi. 2 nafar fuqaroning murojaatlari esa qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituvga olindi. Shuningdek, mahalla ettiligi a‘zolari va MFY faollariga ish faoliyati bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli hamda PQ-133-sonli qarorlarining mazmun-moxiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish va hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz