Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

662025-07-31 15:03

Farg‘ona viloyati tarixi muzeyida “Log‘on” qishlog‘i tarixi burchagi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982563.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982587.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982570.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982666.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982684.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982694.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982693.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982836.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982875.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753955982947.jpg
Farg‘ona tumani “Vaziyo” mahallasining istiqomachisi, Buxoro davlat pedagogika instituti Tarix fakulьteti bitiruvchisi Abduxoshim Mahammadov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Log‘on” qishlog‘i tarixiga bag‘ishlangan eksponatlar burchagi tashkil etildi. Mazkur tashabbus joriy yil iyulь oyida Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov raisligida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da ilgari surilgan edi. Tuman hokimligi ko‘magida amalga oshirilgan mazkur loyiha doirasida qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati va urf-odatlarini yorituvchi tarixiy eksponatlar to‘plami tayyorlandi. Bugun ushbu burchakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etib, yosh tadqiqotchi Abduxoshim Mahammadovning tarixga bo‘lgan e‘tibori va sa‘y-harakatlarini e‘tirof etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz