Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

352025-08-01 21:46

Farg‘ona tumanida fuqarolar muammolariga echim izlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667108.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667106.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667200.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667217.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667222.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667223.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754066667228.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Abduraximovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari, 36 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etdi. Qabulda fuqarolar tomonidan 18 ta murojaat bildirildi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 11 ta murojaat esa muddat talab etuvchi bo‘lgani uchun nazoratga olinib, mas‘ul tashkilotlarga topshiriq berildi. Mazkur qabullar aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz