Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

302025-08-01 21:17

Farg‘ona tumanida "Sayyor qabul"da fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754064977945.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754064978145.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754064978154.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1754064978214.jpg
Tasdiqlangan reja-grafik asosida Farg‘ona tumani “Oq oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Farg‘ona tumani adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolarning meros, aliment, er hujjatlari, fuqarolik ishlari, nikohni rasmiylashtirish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar kabi turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonida 10 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etildi. Shuningdek, “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi” shiori ostida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. Mahalla ettiligi va mahalla faollariga ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 va PQ-133-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz