Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

532025-05-17 00:38

Markaziy Farg‘ona cho‘lida ekologik qonunbuzarlik holati aniqlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747424319841.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747424320018.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747424320043.jpg
Farg‘ona viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Farg‘ona va Oltiariq tuman bo‘limlari davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida muhofaza etiladigan tabiiy hududda qonunbuzarlik holati aniqlangan. Reyd chog‘ida fuqaro D.N. tomonidan Markaziy Farg‘ona cho‘l hududida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzgan holda, ruxsatsiz tarzda qum qazib, uni yuk mashinalariga yuklayotgan holatiga chek qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi 2-qismiga asosan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro D.N. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya‘ni 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Bunday nazorat tadbirlari atrof-muhitni muhofaza qilish, er osti boyliklaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda qonunchilikka qat‘iy rioya etilishini ta‘minlashga qaratilgan. Farg‘ona viloyat prokuraturasi va ekologiya sohasi mutasaddilari ushbu yo‘nalishdagi monitoring va nazorat ishlarini tizimli ravishda davom ettirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz