Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

532025-05-17 00:52

Farg‘ona tumanida «Yashil makon» loyihasi doirasida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747425111586.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747425111560.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747425111853.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747425111876.jpg
Farg‘ona viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyat hududlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar holatini baholash maqsadida jamoatchilik monitoringi tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida shu kunga qadar Farg‘ona tumanidagi umumta‘lim maktablari, maktabgacha ta‘lim muassasalari va tibbiyot birlashmalarida 30 dan ortiq monitoring va nazorat ishlari olib borildi. Navbatdagi monitoring tumanning «Satkak», «Do‘stlik» va «Oqbilol» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida mavjud ekilgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi, ularning sug‘orish holati tahlil qilindi hamda texnik xizmat ko‘rsatish tizimi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, 2025-yilning kuzgi mavsumida ekilishi rejalashtirilayotgan yangi daraxtlar uchun er maydonlarini tanlash jarayoni ham olib borildi. Bu borada tanlangan joylarda daraxtlar elektr uzatish tarmoqlari, qurilish kommunikasiya inshootlari va boshqa muhim infratuzilma ob‘ektlariga xalaqit bermasligi qat‘iy nazoratga olindi. Monitoring yakunlari bo‘yicha mas‘ul tashkilot va hudud rahbarlariga aniqlangan holatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar va maslahatlar berildi. Shuningdek, daraxt ekish va parvarishlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etish, barqaror yashil hududlar yaratish va ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha ham tavsiyalar ilgari surildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz