Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

82025-05-19 21:04

Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618330.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618341.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618615.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618708.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618718.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747670618740.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Farg‘ona tumaniga biriktirilgan mas‘ul xodimi A.A. Mamataliev boshchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–133-sonli qarori asosida tashkil etilgan tuman idoralararo ishchi guruhi a‘zolari ishtirokida “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda tumanda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, energiya isrofgarchiligiga chek qo‘yish, energiya samaradorligini oshirish hamda bu borada davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, shtab ishini to‘g‘ri tashkil etish, tuman idoralararo ishchi guruhlarining asosiy vazifalari, energiya balansini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, energiyani tejashga qaratilgan dasturlar ijrosini ta‘minlash mexanizmlari bo‘yicha mutasaddilarning fikr-mulohazalari tinglandi va amaliy takliflar ilgari surildi. Yig‘ilish davomida barcha soha vakillariga yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda mas‘uliyatli yondashuv, muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta‘minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz