Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

82025-05-20 23:01

Farg‘ona tumanidan 100 nafar ziyoratchi Haj safariga jo‘nab ketdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069603.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069616.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069631.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069629.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069635.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069643.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069703.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069720.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1747764069738.jpg
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, tuman prokurori Oybek Toshpo‘latov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov, tuman bosh imom xatibi Hasanboy Ashurovlar so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida haj safariga tayyorgarlik ko‘rish, ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, e‘tibor va g‘amxo‘rlik alohida ta‘kidlandi. Nutqlar davomida ziyoratchilar hayotida bu ulug‘ ibodatning tutgan o‘rni, yurt sha‘nini munosib ifoda etishdagi mas‘uliyatli vazifalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, muqaddas safarning xavfsiz va barakali bo‘lishi uchun Haq taologa duolar qilindi. Ziyoratchilarga haj marosimlari chog‘ida zarur bo‘lgan tartib-qoidalar, sog‘liqni saqlash, jamiyatda o‘zini tutish madaniyati va dinimizga xos yuksak odob-axloqlarni namoyon etish haqida tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir yurtdoshlarimizga e‘tibor va hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat namunasi sifatida o‘tkazilib, ziyoratchilarning Haj safariga tantanali kuzatilishiga guvoh bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz