Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

532025-05-30 10:49

«Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi» g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184408.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184428.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184509.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184511.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184502.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184524.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184530.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184535.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184540.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748584184622.jpg
Farg‘ona tumanida tashkil etilgan futbol va mini futbol bo‘yicha «Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi» musobaqalari yakuniga etdi. Kun yakunida Farg‘ona tumani markazidagi «Yoshlarobod» markaziy o‘yingohida g‘olib jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida tuman hokimi Xamidullo Inomov so‘zga chiqib, ishtirokchi yoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. U o‘z nutqida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport va iqtidorni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, hokim final bosqichida g‘alaba qozongan jamoalarga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat va zafarlar tiladi. Taqdirlash marosimi katta bayramona shukuhda o‘tdi. Musiqa va qo‘shiqlarga boy sahna dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Nodirbek Xolboev, Samiya Usmonova, Azamtjon Ortiqov, Dilnozaxon Yakubova, Saydullo Xamzaev, Abror Rahmonov, Shaxzodbek Rahmonov va Fayz Ahmad Alijonov kabi iste‘dodli ijrochilar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan tadbirni yanada fayzli va mazmunli qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz