Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

912025-06-11 20:36

Farg‘ona tumanida chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlariga qarshi nazorat kuchaytirildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656170554.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656170565.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656170582.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656170588.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656170673.jpg
Farg‘ona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Farg‘ona tuman bo‘limi davlat inspektorlari hamda 1-mintaqaviy post patrul xizmati xodimlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida tumanning “Yangi Asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ayrim fuqarolar tomonidan ekologik qonunchilik talablariga zid ravishda qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab yuborilgan holatlar aniqlandi. Aniqlangan holatlarga ko‘ra, 4 nafar fuqaro chiqindilarni atrof-muhitga zarar etkazadigan tarzda tashlagani uchun javobgarlikka tortildi. Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismi asosida ma‘muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va har bir huquqbuzarga 375 000 so‘mdan, jami 1 500 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Belgilangan chiqindilar joyi atrofidagi hudud tozalanib, ekologik holat tiklandi. Mazkur tadbir ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni tartibga solish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning muhim bo‘g‘inidir. Shu bois, aholining har bir vakili ekologik qonunchilikka amal qilishi, chiqindilarni belgilangan joyga tashlashi talab etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz