Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

792025-06-11 20:53

Farg‘ona tumanida sayyor qabul: muammolar joyida hal etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185297.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185288.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185291.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185307.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185313.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185378.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185401.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185414.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185576.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657185567.jpg
Farg‘ona tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy echim topish maqsadida sayyor qabul hamda o‘rganishlar olib borilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Farg‘ona tumanining “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi. Unda turli vazirlik va idoralar vakillari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, jumladan, adliya, prokuratura, soliq, bank, elektr ta‘minoti kabi tizim mutasaddilari ishtirok etdi. Tumanning turli mahallalarida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘z muammolari bilan murojaat qilishdi. Ular orasida er ajratish, ijtimoiy yordam, bandlik, ichki yo‘llarni ta‘mirlash, elektr energiyasi ta‘minoti, huquqiy masalalar kabi dolzarb muammolar bo‘yicha savollar ko‘tarildi. Sayyor qabul davomida adliya organlari xodimlari tomonidan 15 nafar fuqarolarning murojaati joyida ijobiy hal etildi, 10 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat esa ish yurituviga olindi. Shuningdek, tadbir davomida 35 nafardan ortiq fuqaro uchun sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Bu xizmatlar orqali aholi vakillari turli hujjatlarni rasmiylashtirish, notarial masalalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini olish kabi xizmatlardan qulay va tezkor foydalandi. Bunday ochiq muloqotlar aholining dardini tinglash, ularning murojaatlariga e‘tibor bilan yondashish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Sayyor qabullar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirib, samarali hamkorlikka zamin yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz