Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

982025-06-11 20:57

“Tong” oromgohida yoshlar bilan huquqiy-ma‘rifiy uchrashuvlar tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445577.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445591.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445608.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445609.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445675.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445682.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445688.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445704.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445706.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749657445708.jpg
Toshkent Davlat yuridik universiteti, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari hamda yuridik texnikum o‘quvchilari hamkorligida Farg‘ona tumanidagi “Tong” oromgohida dam olayotgan yoshlar uchun ma‘rifiy va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ongida qonunlarga hurmat, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbatlar davomida mutaxassislar tomonidan huquqiy bilimlar bilan bog‘liq hayotiy misollar, yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘llari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, oromgohda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, qiziqarli viktorinalar va jamoaviy intellektual o‘yinlar ham o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari orasidan eng faol qatnashganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz