Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

692025-06-12 18:54

“Satkak” mahallasida fuqarolar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432534.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432717.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432737.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432821.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432824.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432836.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749736432842.jpg
Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov tomonidan tumanning “Satkak” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu tadbir kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida o‘tkazildi. Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Akmaljon Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman miqyosidagi korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan 16 ta murojaat bildirilgan bo‘lib, ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 9 tasi esa tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi. Tuman hokimi va mas‘ullar tomonidan har bir murojaatga individual yondashilib, fuqarolarning huquq va manfaatlari ustuvorlik bilan ko‘rib chiqildi. Muloqot ochiqlik va halollik ruhida o‘tib, aholining ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur ochiq muloqotlar aholining dardini eshitish, ularni echish bo‘yicha amaliy chora ko‘rish va samarali ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim platformaga aylanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz