Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

352025-06-13 12:41

Farg‘ona viloyatida qurilish ishlari tahlil qilinmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800468515.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800468524.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800468535.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800468555.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800468626.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari S.Samadov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida qurilishga oid davlat dasturlarining ijrosi chuqur o‘rganilmoqda. Mazkur o‘rganishlar doirasida guruh a‘zolari Farg‘ona, Quva, Furqat, Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Oltiariq, Dang‘ara, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari hamda Marg‘ilon, Qo‘qon va Quvasoy shaharlari hududlarida bo‘lib, davlat dasturlari asosida olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlari bilan tanishdilar. Har bir obektning loyiha hujjatlari sinchkovlik bilan o‘rganilib, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha mas‘ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi qat‘iy nazoratga olindi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallalarda sug‘orish tarmoqlarini qurish va elektr ta‘minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar ham o‘rganildi. Loyiha hujjatlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha ish turlari aniqlanib, ularni qisqartirish orqali byudjet mablag‘larining ortiqcha sarflanishining oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Farg‘ona tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu obektlarda seysmik xavfsizlikni ta‘minlash, zilzilabardoshlik me‘yorlariga rioya etilishi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz