Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

162025-06-13 17:45

Farg‘onalik yigitlar Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749818741158.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749818741286.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749818741432.jpg
Janubiy Koreyaning mashhur Samsung kompaniyasida mehnat qilayotgan farg‘onalik yigitlar xalqaro miqyosdagi yirik musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Migrasiya agentligi orqali xorijga ishga jo‘natilgan bu fidoyi yigitlar 20 ga yaqin davlatdan kelgan ishchilar o‘rtasida tashkil etilgan “29-Xalqaro kemasozlik kasblar musobaqasi”da yuqori o‘rinlarni egallashdi. 🥇 Iftixorjon Hakimov — elektr montajchisi yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U Farg‘ona tumani, Shohimardon MFYda istiqomat qiladi. 🥇 Sherzod Abduhamidov — bo‘yoqchilik sohasida oltin medal sohibi bo‘ldi. U Beshariq tumani, Kapayangi MFYdan. 🥈 Ibrohimjon Nosirjonov — elektr montajchisi sohasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U Farg‘ona tumani, Mindon qishlog‘idan. Ushbu yutuqlar — nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki O‘zbekiston yosh kadrlari bilim va salohiyatining xalqaro miqyosdagi e‘tirofi, jahon mehnat bozorida ham raqobatbardosh kadrlar borligini yaqqol namoyon etdi. Bu muvaffaqiyatlarning zamirida halol mehnat, ota-onalarning duosi, yurtga sadoqat va mas‘uliyat hissi mujassam. Qahramon yigitlarimiz — bugun chet elda malaka oshirayotgan bo‘lsa-da, ertangi kunda mamlakatimiz sanoati, injiniring va ishlab chiqarish sohalarining tayyor kadrlari sifatida O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorlar. Bugun xorijda tajriba orttirish — ertaga Vatanimizda yangilik yaratish demakdir!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz