Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-07-30 18:05

Farg‘ona tumanida fermer xo‘jaliklari ishtirokida amaliy yig‘ilish o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753880679883.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753880680004.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753880680269.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753880680288.jpg
Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, hokim o‘rinbosari Kamoliddin Jo‘raev va tuman Fermerlar kengashi rahbari Azizbek Akbarov rahbarligida qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi tashkilotlari, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yil hosiliga tayyorgarlik, takroriy ekinlar samaradorligi va ilg‘or tajribalar muhokama qilindi. Tuman hududidagi 20 ta ilg‘or fermer xo‘jaligi tomonidan takroriy ekinlardan yuqori daromad olingani ta‘kidlandi. Yig‘ilish davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlaridan bir maydondan yiliga 2–3 marta hosil etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” kitobchasi fermerlarga tarqatildi. Shuningdek, quyosh energiyasida ishlovchi “ARAL 01” robot-traktori imkoniyatlari haqida ma‘lumot berilib, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, zararkunandalarga qarshi ishlovlar, biomahsulotlar tarqatish va feromon tutqichlar o‘rnatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz