Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

342025-05-14 09:49

PILLACHILIKDA NAMUNA BO‘LGAN OILALAR

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087901799513855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087901799516245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087901799517440.jpg
Toshloq tumanida pillachilik mavsumi juda samarali o‘tmoqda. Tumandagi bir necha oilalar faol ishtirok etib, bugungi kunda mehnatlari samarasini ko‘rmoqdalar. Ular orasida “Zarkent” MFY, Asilobod ko‘chasi, 262-uyda yashovchi Zuhraxon aya Ashurova va “Quyiyakatut” MFY, Sarbon ko‘chasi, 55-uyda istiqomat qiluvchi Matluba Jumaboyeva oilalarining alohida o‘rni bor. Zuhraxon aya Ashurova bundan ikki oy avval 2 quti pilla qurtini qabul qilib olgan bo‘lib, bu borada yetarli tajriba va bilimga ega oila hisoblanadi. Oila a’zolari tongda turib tut shoxi kesish, qurtlarni oziqlantirish, tozalikka e’tibor qaratish orqali qurtlarni muvaffaqiyatli parvarishladi. Bu mehnat o‘z samarasini berib, yuqori sifatli va katta miqdorda pilla olindi. Buning natijasida tuman hokimi ularning xonadoniga tashrif buyurib, Zuhraxon ayaga katta gilam sovg‘a qildi. Shu kuni tumanning yana bir faol oilasi – “Quyiyakatut” MFY, Sarbon ko‘chasi, 55-uyda yashovchi Matluba Jumaboyeva xonadoni ham 3 quti pilla qurtini qabul qilib, pillachilik jarayonida faol ishtirok etdi. Ushbu oila ham mehnatsevarlik va mas’uliyat bilan pilla parvarishiga yondashdi. Matluba ona va farzandlari qurtlarga yetarli ozuqa tayyorlash, tozalik va parvarish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali katta hosilga erishishdi. Matluba Jumaboyeva ham bu borada o‘z tajribasiga tayanadi. U kishi aytadiki: “Qurt parvarishi oson ish emas, lekin harakat, ahillik va mehnat bor joyda albatta baraka bo‘ladi. Biz ham har kuni butun oila bo‘lib bu ishni bajardik. Endilikda erishgan samaralardan mamnunmiz.” Bu kabi namunaviy xonadonlar tumanda pillachilikning rivojiga hissa qo‘shmoqda. Ular nafaqat o‘z oilasi uchun daromad manbaiga ega bo‘lmoqda, balki mahalladagi boshqa oilalarga ham o‘rnak bo‘lmoqda. Hozirda ushbu xonadonlar tajribasi asosida yana ko‘plab oilalar pillachilikka qiziqish bildirishmoqda. Ha aytmoqchi Matlubaxon ayaga Toshloq tumani hokimi zamonaviy televizorni sovg‘a qildi. Toshloq tumani hokimligi esa bunday faol oilalarni rag‘batlantirish, tajribalarini ommalashtirish va pillachilikni keng targ‘ib qilish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz