Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1912025-05-24 21:00

Prezident tabrigi Farg‘ona tumani bitiruvchilariga etkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748102350147.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748102350137.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748102350347.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748102350365.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748102350366.jpg
2024–2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun unutilmas kunlardan biri Farg‘ona tumanidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim kunda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Farxodbek Ashmatov ishtirok etdi. Tadbir davomida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–2025-o‘quv yilida maktabni tamomlayotgan bitiruvchilarga yo‘llagan samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi. Tabrikda yoshlarga kelajakdagi faoliyatlarida omad, yuksak maqsadlar sari dadil qadamlar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida zafarlar tilandi. Bu so‘zlar yoshlar qalbida mas‘uliyat, ishonch va yuksak maqsadlar sari intilish hissini uyg‘otdi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, bitiruvchilar uchun ilhom va ruhiy dalda bo‘ldi. Mazkur uchrashuv bitiruvchilar uchun nafaqat maktab hayoti bilan xayrlashuv, balki hayotdagi yangi bosqich sari qo‘yilgan muhim qadam sifatida yodda qoldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz